Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » De Yong: «Messi «Barselona»ni tark etsa, bu jamoa uchun katta zarba bo‘ladi»

De Yong: «Messi «Barselona»ni tark etsa, bu jamoa uchun katta zarba bo‘ladi»

Автор: admin

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki De Yong hozirda o‘z jamoasida hukm surayotgan holat haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Klubdagi vaziyat — alg‘ov-dalg‘ov. Men hali Messi bilan gaplashmadim. Shuning uchun vaziyatni yaxshi bilmayman. Agar Messi haqiqatan ham jamoadan ketsa, bu holat klub uchun katta zarba bo‘ladi. Terma jamoa o‘yinlaridan keyin klubga qaytganimda nimalar bo‘lganini ko‘raman.

Albatta, vaziyatni kuzatib boraman. Messi jamoa chatida qoldimi? Ha (kuladi). Men unga qo‘ng‘iroq qilmadim. O‘ylashimcha, shundoq ham uning kelajagi borasida so‘rovchilar ko‘p bo‘lsa kerak. Boz ustiga, unga qo‘ng‘iroq qilib, aslida nimalar bo‘layotganini so‘raydigan darajada yaqin emasmiz.

«Barselona»dagi dastlabki mavsum haqida nima deyishim mumkin. Chempionatda, Chempionlar ligasida g‘olib chiqmadik, ikki murabbiy iste’foga chiqarildi... Ta’tildan qaytganimdan keyin esa bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilaman», — dedi De Yong "FOX Sports"ga bergan intervyusida.
Manba: sport24.ru
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey