Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Pogba, Azar va Mbappe. Yevropadagi eng qimmat aka-uka futbolchilar haqida

Pogba, Azar va Mbappe. Yevropadagi eng qimmat aka-uka futbolchilar haqida

Автор: admin

Futbolda ko‘plab ota-bolalar faoliyat yuritgan va bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Biroq millionlar o‘yinida ba’zi-ba’zida aka-ukalar ham muvaffaqiyat qozonib turadi. Misol tariqasida, 2019-yilning yozida Eden Azar 125 million yevro evaziga “Real”ga o‘tgan bir paytda, uning ukasi Torgan Azar “Borussiya Dortmund” futbolchisiga aylagandi. Ularning transfer narxlari umumlashtirilganida 170 million yevroni tashkil qilgandi. Yevropada esa bunday (qimmat) aka-ukalar talaygina. Shunday ekan, quyida Ko‘hna qit’aning eng qimmat og‘a-inilari (futbolchilarning bir klubdan ikkinchisiga o‘tganidagi narxlar hisoblangan) haqida fikr yuritiladi.
Pol va Florenten Pogba — 105,5 million yevro

“Yunayted” va uning vahimali xaridi tufayli Pogba bir muddat dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgandi. Biroq hamma ham uning Florenten ismli akasi borligini bilmasa kerak. Florenten hozirda Liga 2 (Fransiya) faoliyat yuritadi.
Lukas va Teo Ernandes — 124 million yevro

Lukas Ernandes “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoaga qo‘shilgach, u to‘rt yil ichida o‘z pozitsiyasida (himoyachi) eng zo‘rlardan biriga aylandi. Natijada “Bavariya” Lukas uchun 80 million yevroning bahridan kechdi.
Uning ukasi Teo hali eng yaxshi maqomini olishga ulgurmagan bo‘lsa-da, uyaladigan narsasi yo‘q: 2017-yilda “Real” uning xizmatlari uchun “Atletiko”ga 24 million to‘lagan bo‘lsa, 2019-yilda “Milan” “Real” hisob raqamiga 20 million o‘tkazib bergan.
Gonsalo va Federiko Iguain — 161,48 million yevro

Gonsalo Iguain va uning 90 million yevroga “Napoli”dan “Yuventus”ga o‘tgani haqida eshitmagan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. Ammo Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Federiko Iguain haqida hamma ham eshitmagan.
Hozirda “Di Si Yunayted” (AQSh) safida o‘ynayotgan Federiko faoliyatining katta qismini AQSh va Janubiy Amerikada o‘tkazgan.
Eden va Torgan Azar — 170,5 million yevro

Eden Azar “Real”dagi debyut mavsumida jarohatlar sabab muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa ham, hamon dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Eden “Chelsi”da shu darajada yorqin o‘yin namoyish etgandiki, “aristokratlar” imkoniyat tug‘ilishi bilanoq, darhol uning ukasi Torganni sotib oldi. Afsuski, u klubda o‘z o‘rnini topa olmadi va 2015-yilda, bir necha ijaralardan so‘ng Myunxengladbaxning “Borussiya”siga ko‘chib o‘tdi. Hozirda esa u “Borussiya Dortmund” yulduzlaridan biridir.
Kilian Mbappe va Jires Kembo-Ekoko — 183,7 million yevro

PSJ asosiy yulduzlaridan biri Kilian Mbappeni 180 million yevroga xarid qilgani ko‘pchilikka ma’lum.
Qizig‘i shundaki, bir vaqtlar Kilianning otasi undan 11 yoshga katta bo‘lgan Jires Kembo-Ekokoni asrab olgan va uning ham futbol bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratib bergan.
Jires ma’lum muddat “Renn” safida to‘p surdi, hozirda esa u Turkiyaning “Bursaspor” klubi sharafini himoya qilmoqda.
Romelu va Jordan Lukaku — 207,56 million yevro

Lukaku 88,4 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga (2017-yili) o‘tganida, u eng qimmat belgiyalik futbolchiga aylangandi. Umuman olganda, Lukaku doimo o‘z klublariga (“Inter” ham uning transferlariga 80 million yevro sarflagan) arzonga tushmagan.
Uning ukasi Jordan esa 2016-yilda uch million yevro evaziga “Latsio”ga o‘tgan. Agar u 2019-yili tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tganida hozir “Nyukasl” safida Premyer Ligada to‘p tepayotgan bo‘lardi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *