
«Bayer» yarimhimoyachisi Kay Haverts «Chelsi»ga o‘tishga yaqin.
Bild jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, 21 yoshli nemis 31 avgust kuni Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Transfer yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq «Chelsi» xavbek uchun 80 mln yevro to‘lashi, bu qiymat bonuslar hisobiga 100 mlnga yetishi xabar qilingandi.