Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Brunu Mourinoning so‘zlariga javob qaytardi

Brunu Mourinoning so‘zlariga javob qaytardi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh «Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourinoning so‘zlariga javob qaytardi.
Portugaliya mutaxassis iyul oyida shunday degandi: «Brunu dunyoning eng yaxshi penaltichilaridan biri ekanligini isbotladi, u 20tacha penalti tepdi».
«Rostini aytsam, xafa bo‘lganim yo‘q. Penaltini yaxshi tepaman deb o‘ylayman va boshqa hech narsa yo‘q. Hammasini tushunaman. 
20ta penalti? Bu to‘g‘ri, lekin «MYU»ga kelganimdan beri emas.
Odamlarning «U faqat penaltidan gol uradi» degan gaplarini eshitaman. Ammo men bir qancha vaqt oldin statistikani ko‘rdim: APLda penaltilarni hisobga olmasa, yarimhimoyachilar ichida faqat Kevin de Bryuyne gollarda mendan ko‘ra ko‘proq qatnashgan», – deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi A Bola.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *