
Messi ularga kerak emas
“Inter” sport direktori Pero Auzilio klub “Barselona”dan ketish ketishga harakat qilayotgan Lionel Messini olmasligini ma’lum qildi.
-
Biz Messiga hech qanday taklif bildirmaymiz. Biz uni olishim haqidagi shov-shuvlar qaerdan tarqalganini bilmaymiz. Vidal ham ayni paytda “Barselona” futbolchisi. Agar bepul qo‘lga kirita olsak, bu variantni ko‘rib chiqamiz. Bizga Kolarov ma’qul, uning safimizga qo‘shilish imkoniyati juda yuqori, - dedi Auzilio.
Messiga qiziqish bildirgan jamoalar birin-ketin undan voz kecha boshladi.