Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Atalanta" "Lester"ga ketgan himoyachisi o‘rniga "Roma" futbolchisini xarid qiladi

"Atalanta" "Lester"ga ketgan himoyachisi o‘rniga "Roma" futbolchisini xarid qiladi

Автор: admin

Biri ketadi, boshqasi keladi.
"Atalanta" himoyachi Timoti Kastanni "Lester"ga qo‘yib yubordi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bergamoliklar uning o‘rniga "Roma" himoyachisi Rik Karsdorpni sotib olishadi. Taqqoslash uchun, Kastanning transfer narxi 18 mln evro, Karsdorpniki esa 3 mln evroni tashkil etadi.
Kastan o‘tgan mavsum 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Karsdorp esa o‘tgan mavsumni “Feyenoord”da ijarada o‘tkazib, 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *