Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: Messi «Siti» bilan 5 yillik kelishuvga erishgan

Manba: Messi «Siti» bilan 5 yillik kelishuvga erishgan

Автор: admin

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi «Manchester Siti» bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.
Daily Record nashri ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar jami qiymati 700 mln yevrolik 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. 
Futbolchiga to‘lovning bir qismi sifatida «Manchester Siti»ni boshqaruvchi City Football Group kompaniyasidan ulush taklif etishgan. Ammo ushbu kompaniya aksiyalarining baholaridagi noaniqlik tufayli futbolchi faqat pul bilan to‘lov olishni ma’qul ko‘rgan.
Kelishuvga ko‘ra, 33 yoshli argentinalik uch mavsumni «Manchester Siti»da o‘tkazadi, keyin yana ikki yil davomida holdingning Amerika chempionatidagi klubi bo‘lmish «Nyu-York Siti» uchun to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyining ikkinchi yarmida Messi «Barselona»ni tark etish istagini bildirdi, u klubning mavsumoldi mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti. Klubdagilar esa Lionel qarorini o‘zgartirishi va jamoaga qaytishiga umid qilishmoqda. Shartnomaga ko‘ra, agar futbolchi 11 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddatda klubga qaytmasa, ish haqining 25 foizi miqdorida jarimaga tortiladi.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *