Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus»ning Suaresga taklif qilgan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

«Yuventus»ning Suaresga taklif qilgan shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Turinning «Yuventus» klubi «Barselona» forvardi Luis Suaresni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgan.
TuttoSport’ning yozishicha, «Yuventus» 33 yoshli urugvaylik forvardga yillik 10 million yevro maoshli 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra, Suares Turindagi uch mavsumida jami 30 million yevro ishlab topadi. Shuningdek, goleadorlik mahorati va sovrinlar uchun Luisga alohida bonuslar ham to‘lanadi.
Qayd etilishicha, turinliklar Suaresning agenti bilan muzokarani yakuniy pallasiga yetkazgan. Shuningdek, hujumchiga «PSJ» va «Ayaks» klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *