
«Monako» Leverkuzenning «Bayer» klubi hujumchisi Kevin Follandni sotib olganini e’lon qildi.
28 yoshli nemis bilan 4 yillik shartnoma imzolandi.
Xabar qilinishicha, transfer narxi 20 mln yevroni tashkil etgan.
Folland o‘tgan mavsumda Bundesligada 27ta bahsda maydonga tushib, 10ta gol urgan.