Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Veynaldum transferini hal qildi

«Barselona» Veynaldum transferini hal qildi

Автор: admin

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum katta ehtimol bilan faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. 
Sport.es nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi «Barselona»ga o‘tishga rozilik bergan va klub bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishib qo‘ygan. Ko‘k-anorranglilar niderlandiyalik futbolchi transferi uchun mersisaydliklarga 15 mln yevro to‘laydi, bonuslar hisobiga jami summa 20 mln yevrodan oshishi mumkin. 
Avvalroq «Liverpul» Veynaldum bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagani xabar qilingandi. Ushbu havbekning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha tuzilgan. «Barselona»ga Ronald Kuman bosh murabbiy bo‘lgach, Niderlandiya terma jamoasi yetakchilaridan biri bo‘lgan Jorjino Veynaldum kataloniyaliklar klubining asosiy transfer nishoniga aylangan. 
Veynaldum «Liverpul» sharafini 2016 yildan buyon himoya qilib keladi, avvalroq u «Feyenoord», PSV va «Nyukasl Yunayted» kabi klublar safida to‘p surgan.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *