
«Inter» bosh direktori Beppe Marotta faoliyatidagi eng yaxshi transferini aytdi.
«Direktor o‘yinchilarni arzon narxda xarid qilib, ularni yuqori narxda sotishga harakat qiladi.
Bunga faoliyatimdan ideal misol keltiraman: Pogba. Ajablanarlisi, biz uni tekinga qo‘lga kiritdik va yana o‘sha klubga 100 mln yevroga sotdik», – deya funksionerning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Ma’lumot uchun, Pogba 2012 yilda «MYU»dan «Yuventus»ga o‘tib, 2016 yili mankunianliklar safiga qaytgan.
Marotta «Yuventus»da 2010 yildan 2018 yilgacha ishlagan.