Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ispaniyalik jurnalist Lionel Messini futbol tarixidagi eng katta sotqinlikda aybladi

Ispaniyalik jurnalist Lionel Messini futbol tarixidagi eng katta sotqinlikda aybladi

Автор: admin

Ispaniyalik jurnalist Edu Agirre argentinalik hujumchi Lionel Messining “Barselona”dan ketishni istayotganini keskin tanqid ostiga oldi.
Men uchun Messi futbol tarixidagi eng katta xiyonatni qilmoqda. Messi “Barselona”ni qiyin ahvolda tashlab ketmoqda, u cho‘kayotgan kemadan qochmoqda. U hozir ketmasligi kerak. “Barselona” muxlislari bunga loyiq emas.
Edu Agirre, ispaniyalik jurnalist
Eslatib o‘tamiz, Messi yangi mavsumga jamoa bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazmayapti va “Barselona”dan ketmoqchi. Klub esa Lionelning fikridan qaytishiga va jamoada qolishiga ishonmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, agar Messi mashg‘ulotlarni 11 kundan 30 kungacha o‘tkazib yuborsa, unga maoshining 25 foizi miqdorida jarima solinadi.
Hozirda Messi uchun asosiy da’vogar “Manchester Siti” bo‘lib turibdi.
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey