Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ikki oy oldin jarohatidan qutulgan Marko Asensio yana safdan chiqdi

Ikki oy oldin jarohatidan qutulgan Marko Asensio yana safdan chiqdi

Автор: admin

“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotlarida jarohat oldi.

Marca xabariga ko‘ra, Asensioning tizzasi shikastlangan. Qayta tiklanish uchun bir necha kun dam olish zarurligi aytilmoqda. Hozirda Asensio terma jamoani safini tark etgan.
Ta’kidlash joiz, Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida 3-sentabr kuni Germaniya, 6-sentabrda esa Ukraina terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Asensio bundan oldingi jarohatidan iyun oyida forig‘ bo‘lgandi. U ushbu jarohati tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.
“Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Marko Asensio La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *