Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymar, Di Mariya va Paredesda koronavirus aniqlandi

Neymar, Di Mariya va Paredesda koronavirus aniqlandi

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» klubining uch nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Parij klubining uch nafar a’zosi test natijalarida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Hozirda bu futbolchilar alohida nazoratga olinib, tez orada takroriy test topshirishi rejalashtirilgan.
L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, «PSJ» ismini oshkor qilishni istamagan uch nafar futbolchi – Neymar, Anxel Di Mariya va Leandro Paredesdir. Qayd etilishicha, braziliyalik, argentinalik va italiyalik ushbu futbolchilar yaqinda ta’tilni Ibitsada o‘tkazib, birga qaytishgan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining so‘nggi mavsumi koronavirus pandemiyasi sababli muddatdan avval yakunlanib, «PSJ» chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *