
“Barselona” hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi katalon klubi prezidenti Xosep Bartomeu bilan uchrashuvdan avval o‘z
fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
2-sentabr oqshomida Xorxe “Barselona” prezidenti bilan Leo Messining kelajagi borasida gaplashib oladi.
Leoning “Barselona”da qolishi qiyin masala. Juda qiyin. Men (Messining transferi borasida) hech kim bilan gaplashmadim. “Manchester Siti” haqida hech narsa bilmayman.
Xorxe Messi
Avvalroq argentinalik futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tishni istayotgani va “shaharliklar” bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani
xabar qilingandi.