Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Loyihaning bir qismi bo‘lishni xohlayman». Van de Bek «MYU» o‘yinchisi sifatida ilk fikrlarini bildirdi

«Loyihaning bir qismi bo‘lishni xohlayman». Van de Bek «MYU» o‘yinchisi sifatida ilk fikrlarini bildirdi

Автор: admin

«Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan yarimhimoyachi Donni van de Bek o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bunday ajoyib tarixga ega klubga o‘tgandan so‘ng gapni nimadan boshlashni ham bilmayapman.
«Ayaks»dagi barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men u yerda o‘sganman va har doim klub bilan aloqada bo‘laman. Endi faoliyatimdagi keyingi qadamimni tashlab, yuqori saviyada o‘ynashga tayyorman. «Manchester Yunayted»dan yuqorisi yo‘q.
Menga «Old Trafford»dagi atmosfera naqadar ajoyib ekanligini aytishdi, jamoa libosida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman.
 
Ushbu jamoada dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilari bor va men ulardan ko‘p narsa o‘rganishim mumkinligini bilaman. Shuningdek, o‘zim ham jamoaga nimadir bera olaman.
Murabbiy bilan uning qarashlari, klub qaysi yo‘nalishda harakat qilayotgani haqida suhbatlashgandan keyin nihoyatda hayajondaman. Ushbu loyihaning bir qismi bo‘lishni xohlayman», – deya van de Bekning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti. 
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli niderlandiyalik «MYU» bilan 5+1 shaklida shartnoma imzoladi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *