Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Lautaro qoladi!

Milanning “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martines “Barselona”ga o‘tish fikridan qaytdi.
CDSnashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Lautaro Messi bilan bog‘liq vaziyat sababli Kataloniyaga ko‘chib o‘tish fikridan to‘liq voz kechgan va hatta klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kataloniya klubi Martines uchun 97 million yevro sarf etmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
“Fulhem” Traorega ko‘z tikdi
 
“Lion” klubi yarim himoyachisi Bertran Traore faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bundan 3 yil ilgari “Chelsi” sharafini himoya qilgan futbolchi uchun borasida “Fulhem” rasmiy taklif bilan chiqqan.
“Sky Sports” nashrining ma’lum qilishicha, ushbu transferni shaxsan Skot Parker klub rahbarlaridan talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Fulhem”dan tashqari, “Lester” va “Everton” klublari ham Traore borasida rasmiy taklif bilan “Lion”ga murjaat etgan.
Astov Villa”ga kipper kerak
 
Birmingemning “Aston Villa” klubi tez orada “Manchester Yunayted” posboni Serxio Romero bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“The Athletic” nashrining ma’lum qilishicha, Din Hendersonning ortga qaytishi munosabati bilan, argentinalik darvozabon ishsiz qolib ketishi aniq bo‘lib ulgurdi. Shu sababli, klub 33 yoshli kipperni transferga qo‘yadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” o‘z darvozabonini 10 million yevroga baholamoqda.
Garsiya shoshilmayapti
 
Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Erik Garsiya faoliyatini Ispaniyada davom ettirish borasida bosh qotirmoqda.
Klub bilan o‘rtadagi shartnoma 2021-yilda o‘z yakuniga yetishiga qaramay, Garsiya o‘zining so‘nggi mavsumini ham Pep Gvardiola qo‘l ostida o‘tkazmoqchi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi qiyin pallalarda “Barselona” safiga borib qo‘shilmoqchi emas. Shu sababli, yana bir mavsum “Shaharliklar” safida qolishga qaror qilgan.
Smolling “Roma”ga kerakmi?

Transfer huquqi “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan Kris Smolling tez orada “Roma” bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Jurnalist Nikola Skiri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “bo‘rilar” himoyachi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, ingliz himoyachisiga maoshi 1 million yevro qilib belgilangan 3 yillik shartnoma taklif etilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Roma” himoyachi uchun “Manchester Yunayted”ga 12-18 million yevro atorofidagi summa taklif etmoqda.
183   
Добавить комментарий
Ваше имя: *