Goal24.uz » Jahon » Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Автор: admin

O‘z klublarida raqiblarini umuman ayamaydigan futbolchilar talaygina, biroq barcha yuqori saviyali o‘yinchilar har doim ham terma jamoada o‘zini ko‘rsatavermaydi. Boisi terma jamoadagi o‘yin klubdagidan tubdan farq qiladi, milliy jamoalarda ko‘proq murabbiylarning taktikasi va futbolchilarning jismoniy holati muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq shunga qaramay, qator futbolchilar ham klubda, ham milliy jamoada muvaffaqiyat qozona olgan. Terma jamoa haqida gap ketganda esa istalgan futbol muxlisining xayoliga Jahon chempionati keladi. Demak, quyida Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida ayrim faktlar keltiriladi.
Mirosolav Kloze 24 ta o‘yinda 16 ta gol

Kloze faoliyati davomida jami 259 ta gol urgan 134 ta golga hammualliflik qilgan. Germaniya terma jamoasida esa u hamon eng yaxshi to‘purar hisoblanadi (147 o‘yinda 71 gol). Uning Jahon Kubogidagi yutuqlari: 2014-yilda oltin, 2002- yilda kumush, 2006 va 2010-yillarda esa bronza. 38 yoshida butsalarini mixga ilgan.
Ronaldo 19 ta o‘yinda 15 ta gol

Ronaldo 17 yoshida Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lgan, Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar (98 o‘yinda 62 ta gol). Jahon Kubogidagi yutuqlari: 1994 va 2002-yillarda oltin, 1998-yilda esa kumush. Faoliyatini 35 yoshida yakunlagan.
Gerd Myuller 13 ta o‘yinda 14 ta gol

Myuller faoliyati davomida 576 ta o‘yin o‘tkazib, 515 ta gol, 106 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchilik karyerasini esa 1981-yilda, 36 yoshida AQShda yakunlagan. Mundialdagi yutuqlari: 1974-yilda oltin, 1970-yilda esa bronza.
Jyust Fonten 6 ta o‘yinda 13 ta gol

Fransiyalik hujumchi tom ma’noda darvozabonlar kushandasi edi. Eng qizig‘i shundaki, u Jahon Chempionatidagi barcha gollarini (13 ta) 1958-yilgi mundialda urgan. Umumiy hisobda esa u “uchranglilar” safida 21 uchrashuv o‘tkazib, 30 ta gol urgan.
Pele 14 ta o‘yinda 12 ta gol

Futbol qiroli – Pele faoliyati davomida 3-marta mundial g‘olibi bo‘lgan yagona futbolchi (1958, 1962 va 1970-yillarda) futbolchi hisoblanadi. Pele butun faoliyati davomida 1363 ta o‘yinda 1289 ta gol urgan. Bundan tashqari, u Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purardir (77 ta gol). Qirol faoliyatini 37 yoshida yakunlagan.
Shandor Kochish 5 ta o‘yinda 11 ta gol

Vengriya terma jamoasi tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan Kochishni bosh bilan yaxshi o‘ynash qobiliyati sabab “Oltin bosh” deb e’tirof etishgan. U 1954-yilgi Jahon Chempionatida 11-marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan (Fontendan so‘ng ikkinchi eng yaxshi natija).
Yurgen Klinsman 17 ta o‘yinda 11 ta gol

Klinsman terma jamoadagi faoliyati davomida 108 uchrashuv o‘tkazib, 47 ta gol urgan. 1990-yilgi Jahon chempionatida esa g‘olib bo‘lgan. Sochlarining rangi va yuqori samaradorligi uchun Bundestim muxlislari tomonidan unga “Oltin to‘purar” laqabi berilgan.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *