Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Beyl: «Variantlar bo‘lsa, albatta, ko‘rib chiqaman. Ammo «Real» barchasini murakkablashtirmoqda»

Beyl: «Variantlar bo‘lsa, albatta, ko‘rib chiqaman. Ammo «Real» barchasini murakkablashtirmoqda»

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoadan ketish ehtimoli haqida gapirdi.
«Agar variantlar bo‘lsa, men ularga, albatta, e’tibor beraman. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ushbu transfer oynasida juda ko‘p vaqt bor. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, qarorni «Real» qabul qiladi.
O‘tgan yili ketishga harakat qildim, ammo «Real» so‘nggi soniyalarda barcha variantlarni to‘sib qo‘ydi. Meni ilhomlantirgan loyihaga qo‘shilishim mumkin edi, ammo bu amalga oshmadi. Ketishga harakat qilgan paytlarim ko‘p bo‘lgan, ammo klub bunga yo‘l qo‘ymasdi.
Futbol o‘ynashni xohlayman, hali ham g‘ayratliman. Hamma narsani klub nazorat qiladi. Shartnomam bor. Umid qilamanki, nimadir bo‘ladi.
Atigi 31 yoshdaman va hamon yaxshi sport formasidaman. Menda yana ko‘p narsalar borligini his qilyapman. Hammasi klub qo‘lida. To‘g‘risini aytsam, ular barchasini murakkablashtirishmoqda», – deya uelslik vingerning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey