Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: Messi «Barselona»ni 100 mln yevro evaziga tark etishi mumkin

Manba: Messi «Barselona»ni 100 mln yevro evaziga tark etishi mumkin

Автор: admin

«Barselona» Lionel Messini badal puli 700 mln yevroni tashkil etsada, transferlar darichasi yopilguncha 100 mln yevro evaziga sotishi mumkin.
The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining shartnomasi keyingi yil yozida tugab, u erkin agentga aylanishi tufayli, katta ehtimol bilan klub va 33 yoshli argentinalik murosaga keladi.
Messining atrofidagilar «Barselona» yakunda futbolchini 100 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishiga umid qilishmoqda – ikki yil muqaddam Krishtianu Ronaldu «Real»dan «Yuventus»ga taxminan shuncha summaga o‘tgandi.
TyC Sports nashri jurnalisti Martin Arevaloning yozishicha esa, Messi klubda yana bir yil qoladi. 
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining kelajagi bo‘yicha qaror bugun qabul qilinadi.
Katta ehtimol bilan futbolchi shartnomasi yakunigacha Kataloniyada qoladi va keyingi yil yozida erkin agent sifatida Angliyaga yo‘l oladi.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *