Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Breshiya» prezidenti Tonali «Milan»ga o‘tayotganini tasdiqladi

«Breshiya» prezidenti Tonali «Milan»ga o‘tayotganini tasdiqladi

Автор: admin

«Breshiya» prezidenti Massimo Chellino jamoa yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini «Milan»da davom ettirishini tasdiqladi.

«Beppe Marotta («Inter» direktori) haqiqatan ham Tonali bilan shartnoma imzolashni istagan edi. Chunki «Inter» bosh murabbiyi Sandroni qadrlayotgan edi. Shu bois, uning agentlari «Inter» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishishgan edi. Ammo jarayon yangi mavsum boshlanishiga qadar cho‘zildi.

«Milan» paydo bo‘lgach esa futbolchi boshqa takliflarni eshitishni istamadi. Azaldan «Milan» bilan munosabatlarimiz yaxshi. Biz esa Paolo Maldini bilan tezda kelishuvga erishdik.

«Barselona» va «Manchester Yunayted» tomonidan ham qiziqishlar bo‘lgan edi. Ammo Tonali «Milan»ni juda yaxshi ko‘rgani uchun ulardan taklif tushganida aqldan ozayozdi. Futbolchi "rossoneri"ga muxlislik qiladi», — dedi Chellino.

Tonali 10 mln. yevro evaziga «Milan»ga ijaraga beriladi. Milanliklar keyinchalik uning huquqini 15 mln yevroga xarid qilishadi. Keyinchalik u transfer qilinsa, "Breshiya" ulush oladi. Yaqin kunlarda u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Manba: sport24.ru
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *