Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Yunayted” futbolchisining bozori qaynamoqda

“Manchester Yunayted” futbolchisining bozori qaynamoqda

Автор: admin

U Italiyaga ketishi mumkin
Sulsher jamoaga “Ayaks”dan Donni van de Bek olib kelinganidan keyin braziliyalik yarim himoyachi Fredni transferga qo‘yishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Ayni paytda bu o‘yinchi uchun o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan “Roma” jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Rimlar bosh murabbiyi Paulo Fonseka “Shaxtyor”da Fred bilan ishlagani bois uning nimalarga qodirligini yaxshi biladi.
Fred “Manchester Yunayted”da yuqori saviyada o‘ynay olmadi. U ikki mavsum davomida 46 ta o‘yinda qatnashib, atigi bitta gol urdi.
107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *