Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston milliy jamoasi BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy jamoasi BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida faqat Eron bilan emas, Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Bu haqda Vadim Abramov Tojikiston bilan o‘yindan (2:1) keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Ha, oktyabr oyida ham yig‘in o‘tkazamiz. Sentyabr oyidagi Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvmiz ham oktyabr oyiga ko‘chirilgan. Shuningdek, BAA milliy jamoasi bilan ham kelishuvga erishdik. Oktyabr oyida ularga qarshi maydonga tushamiz. FIFAning ikki rasmiy sanasida Eron va BAAga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Legionerlarning kelishi o‘sha paytdagi xalqaro reyslarning qay daraja amalga oshishiga bog‘liq», - deya milliy jamoamiz bosh murabbiyi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *