Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Pochettino: "Messi istalgan ligada eng zo'ri bo'la oladi"

Pochettino: "Messi istalgan ligada eng zo'ri bo'la oladi"

Автор: admin

"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona" forvardi Leo Messining "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi borasida gapirdi.
"Nega yo'q?! Barchasi bo'lishi mumkin. Messi "Barselona" uchun borini berdi va istagan payti u erdan ketishi mumkin. Uning uchun Ispaniya va Angliyaning farqi yo'q. Messi barcha chempionatda eng zo'ri bo'la oladi.
"Siti"ga qarshi o'ynash juda qiyin. Messi bilan esa Gvardiola barcha sovrinlarni yuta olishi mumkin", - dedi Pochettino.
Oldinroq "Siti" Messi bilan kelishib olgani, arablar 5 yil davomida 700 mln evroni "Barselona" hisobiga o'tkazib berishi borasida malumotlar tarqagandi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *