Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu korrupsiyada ayblanmoqda

Bartomeu korrupsiyada ayblanmoqda

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeu kataloniya politsiyasi tomonidan korrupsiyada ayblanmoqda.
El Mundo nashri xabariga ko‘ra, u klubdan o‘z shaxsiy manfaatlarida foydalangan.
Ushbu ayblov «Barcagate» nomini olgan ishga aloqador bo‘lib, Bartomeu klubning moliyaviy operatsiyalaridan ulush olgan bo‘lishi mumkin.
Xabar qilinishicha, Bartomeu I3 Ventures kompaniyasiga bozor narxidan 6 barobar yuqori narx to‘lagan. Ayni vaqtda hukumat buning sababini o‘rganmoqda.
Fevral oyida «Barselona» Bartomeuning nufuzini tiklash, shuningdek, Lionel Messi, Jerar Pike va boshqa futbolchilarni ijtimoiy tarmoqlarda qoralash uchun marketing kompaniyasi I3 Ventures bilan shartnoma tuzgani ma’lum bo‘lgandi. Jamoa prezidentligiga da’vogar bo‘lgan Agusti Benedito va Viktor Font qatorida jamoa afsonalari — Xavi, Karles Puyol va Xosep Gvardiola ham ushbu kompaniya nishoniga aylangandi.
Bu kompanii rahbari Bartomeuning o‘ng qo‘li Jaume Masferrer hisoblanadi. «Barselona» prezidenti o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etmoqda.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey