Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: Messi «Barselona»da qolishga qaror qildi

Manba: Messi «Barselona»da qolishga qaror qildi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2020/21 yilgi mavsumda ham klubda qolishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar qilmoqda.
Argentinalik futbolchi otasi va o‘zining qonuniy vakillari bilan kechgan uzoq muhokamalardan keyin avvalgi talablarini o‘zgartirgan.
Endi Messi klubni sudga bermoqchi emas, u ketish uchun bunday harakat qilishi haddan oshiq chora deb hisoblagan, shu tufayli endi «Barselona»da 2021 yozigacha, balki undan keyin ham qolishi mumkin.
Avvalroq futbolchi shartnomasidagi maxsus banddan foydalangan holda klubni shu yozdayoq tark etishga qaror qilgandi. U o‘sha bandga ko‘ra istalgan mavsum so‘nggida klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ammo klub rahbariyati u bu banddan foydalanish uchun 10 iyunga qadar ogohlantirishi kerak bo‘lgani va endi bu band o‘z kuchini yo‘qotgani, u klubdan ketishi uchun 700 million yevrolik badal puli to‘lanishi lozimligini ma’lum qildi.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *