Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Koutino ta’tilni erta yakunlab, «Barsa» mashg‘ulotlariga qo‘shildi

Koutino ta’tilni erta yakunlab, «Barsa» mashg‘ulotlariga qo‘shildi

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino «Bavariya»dagi ijara muddatini yakunlab, Kataloniya klubi ixtiyoriga kelib qo‘shildi.
28 yoshli braziliyalik futbolchi ta’tilni belgilangan muddatdan avval yakunlab, jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Koutinoga 8 sentyabrga qadar dam olish imkoniyati taqdim etilgan bo‘lsa-da, Filippe «Barselona» safiga tezroq qo‘shilishni istagan.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, bosh murabbiy Ronald Kumanning braziliyalik futbolchidan umidi katta. U Koutinoni klub yetakchilaridan biriga aylantirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Koutino yakunlangan mavsumda «Bavariya» safida Germaniya chempionati va kubogi hamda YeCHLda zafar quchib, treblga erishdi.
50   
Добавить комментарий
Ваше имя: *