Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» Azarni Mbappening transfer narxida sotib olgani oydinlashdi

«Real» Azarni Mbappening transfer narxida sotib olgani oydinlashdi

Автор: admin

Eden Azarning 2019 yilning yozida «Chelsi»dan «Real»ga o‘tish transfer narxi aslida qanchani tashkil etgani ma’lum bo‘ldi.
Belgiyaning COPE nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Real» Eden uchun avval xabar qilingani kabi 100 million yevro emas, aslida 160 million yevro transfer puli to‘lagan.
FIFA qoidalariga ko‘ra, transfer qilingan futbolchi uchun uning 12 yoshdan 23 yoshgacha to‘p surgan klublari transferning umumiy qiymatidan 5 %gacha bo‘lgan mablag‘ga ega chiqishadi. Eden 12 yoshdan 23 yoshgacha uchta klub - «Tyubiz» (2005 yilgacha), «Lill» (2005 – 2012) va «Chelsi»da (2012 – 2018) to‘p surgan. 
Belgiyaning Het Laatste Nieuws va La Dernière Heure nashrlarining yozishicha, «Real» «Chelsi»ga jami mablag‘ni uchga taqsimlab - 2019 yilda 40 million, 2020 yilda 56 million, 2021 yilda esa 64 million yevro to‘lashi belgilangan. 
Unga ko‘ra, «Tyubiz» 2019 yilda 200 ming, 2020 yilda 280 ming, 2021 yilda esa 320 ming yevroni qo‘lga kiritishi kerak edi. Biroq 2020 yilgi to‘lov qilinmagani sababli koreyaliklarga tegishli AFC Tubize SA klubi transferdan ulushini talab qilib, uch yil uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan 800 mingdan 600 ming yevroni to‘lab berishni so‘ragan.
Belgiya klubi bu borada FIFAga shikoyat xati bilan chiqmoqchi bo‘lganida «Real» muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishni istagan. Natijada Madrid klubi Azar uchun «Chelsi»ga qilingan to‘lovlar hujjatini taqdim etganida transfer uchun jami 100 million emas, 160 million yevro sarflagani ma’lum bo‘lgan. Belgiya klubiga taqdim etilgan bu hujjatlar nusxasi mahalliy matbuot qo‘liga tushgach, e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun, Azar yakunlangan mavsumda «Real» safida La Ligada jami 16 o‘yinda maydonga tushib, bor yo‘g‘i bitta golga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Kilian Mbappeni «Monako»dan 160 million yevroga transfer qilgan edi.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *