Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messining otasi: «700 million yevro tovon puli haqidagi band o‘z kuchini yo‘qotgan»

Messining otasi: «700 million yevro tovon puli haqidagi band o‘z kuchini yo‘qotgan»

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining agenti sanalmish otasi Xorxe Messi La Liga prezidenti Xaver Tebasga rasmiy xat jo‘natdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Xorxe Messi La Liga prezidentiga yo‘llangan xatida futbolchining «Barselona» klubi bilan tuzilgan shartnomasidagi 8.2.3.5 bandlarida ko‘rsatilagn 700 million yevro miqdoridagi tovon puli to‘lanishi muhlati 2019/20 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra o‘z kuchini yo‘qotgan. 
Bungacha Kataloniya klubi shartnomadagi aynan ushbu bandni ro‘kach qilib, 700 million yevro miqdoridagi tovon puli to‘lanishi, aks holda Messi bilan amaldagi shartnoma bekor qilinmasligini takrorlayotgandi. 
Messi esa «Barsa» bilan amaldagi shartnomani bekor qilib, erkin agent sifatida klubni tark etishni istamoqda.
Avvalroq, La Liga rahbariyati «Barselona» klubi tarafini olib, Messidan shartnomada keltirilgan tovon puli bandini hurmat qilib, jamoada qolishi kerakligini so‘ragandi.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *