Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Atletiko” ishga kirishdi

Madridning “Atletiko” klubi “Xetafe” himoyachisi Matias Oliveyraning transferini deyarli hal etdi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi uchun “matraschilar” 10 million yevro sarf etadi. Manbaning ma’lum qilishicha, “Xetafe” o‘z futbolchisini 20 millionga baholayotgan edi, biroq pandemiya sababli klub shu qarorga keldi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” himoyachi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi va hafta so‘ngida transferni rasman e’lon qiladi.
Arteta beshta futbolchini sotadi

Londonning “Arsenal” jamoasi ustozi Mikel Arteta o‘z rejalariga kirmagan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
CDS nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Lukas Torreyra, Sokratis, Belyerin, Genduzi va Rob Xoldinglar allaqachon o‘zi uchun yangi jamoa izlashiga to‘g‘ri keladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Arsenal” ushbu futbolchilarning transferidan 150 million yevro ishlab olishni reja qilmoqda.
«Leypsig» «Barsa» va «Real»ni quvib o‘tmoqchi

Germaniyaning «Leypsig» klubi “Gerta” yarim himoyachisi Lazar Samarjich borasida kurashga kirishdi.
Sky Sport nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “buqalar” futbolchi uchun kurashda “Barselona” va “Real” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
18 yoshli futbolchi uchun kurashda bilan nemis klubi g‘olib chiqishi taxmin qilinmoqda. Sababi, uning agenti mijozining Bundesligaga yaxshi o‘rnashganini rasman e’lon qildi.
Barrios ketadimi?

Rossiyaning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Vilmar Barrios faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
“Don Balon” nashrining ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchi bilan “Brayton” klubi jiddiy qiziqib qolgan vauning transferi uchun 15 million yevro sarf etishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Zenit” Barriosni transferga qo‘ysa, uning o‘rnini Sami Hedira bilan to‘ldirishi mumkin.
Karlos nishonda

Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi himoyachisi Diyego Karlos Yevropa grandlari e’tibor markazida turibdi.
Taniqli Marca nashrining ma’lum qilishicha, 27 yoshli himoyachi uchun asosiy da’vogar “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi bu mavsumda “La Liga”ning 35 ta o‘yinida maydonga tushdi va hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.
153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *