
Angliya professional futbolchilari assotsiatsiyasi (PFA) Angliyada yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini
e’lon qildi.
Undan “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold ham o‘rin oldi. 21 yoshli futbolchi bundan avval yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatidan
o‘rin olgandi.
Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati bilan tanishing:
- Temmi Abraham (“Chelsi”)
- Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”)
- Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”)
- Meyson Maunt (“Chelsi”)
- Markus Reshford (“Manchester Yunayted”)
- Bukayo Saka (“Arsenal”)