Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Liverpul” ko‘p gol uradigan yangi hujumchi oldi

“Liverpul” ko‘p gol uradigan yangi hujumchi oldi

Автор: admin

U haqiqatan zo‘r hujumchi ekan
“Zaltsburg” hujumchisi Petson Daka faoliyatini Angliya chempioni safida davom ettiradigan bo‘ldi. “Liverpul” rahbariyati bu transferni ijobiy hal qildi.
Inglizlar Avstriyada o‘tkazilgan yig‘in vaqtida “Zaltsburg” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi. O‘sha o‘yinda zambiyalik futbolchi mahoratini ko‘rsatib, uchrashuvning 2:2 hisobida durang bilan yakunlanishiga katta hissa qo‘shgandi. Shundan so‘ng, “Liverpul” bu hujumchini sotib olishga qaror qilgan.
“Zaltsburg”ning asosiy hujumchisi Erling Xoland “Borussiya”ga o‘tib ketgandan keyin avstriyaliklar tarkibida aynan Daka katta sahnaga chiqdi. U 31 ta uchrashuvda 24 ta gol urdi va oltita golli pas uzatdi. 21 yoshli hujumchining transferi uchun “Liverpul” 20 million evro to‘laydi.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *