Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi: «Ketishni qanchalik xohlagan bo‘lsam ham, maksimal darajada o‘ynashda davom etaman»

Messi: «Ketishni qanchalik xohlagan bo‘lsam ham, maksimal darajada o‘ynashda davom etaman»

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klubdagi holat haqida gapirdi.
«Barsa»da o‘ynashda davom etaman. Ketishni qanchalik xohlagan bo‘lsam ham, o‘yinga bo‘lgan munosabatim o‘zgarmaydi. Maksimal darajada o‘ynayman.
Har doim g‘alaba qozonishni, raqobatbardosh bo‘lishni xohlayman. Yutqazishni yoqtirmayman. Doim klub uchun, futbolchilar uchun va o‘zim uchun eng yaxshisini istayman.
Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish uchun kerakli yordam ololmayapmiz, dedim. Aslida buyog‘iga ham nima bo‘lishini bilmayman. 
Yangi murabbiy keldi, uning o‘z g‘oyalari bor. Bu yaxshi, ammo jamoaning ularga munosabati qanday bo‘lishini, yangi g‘oyalar bizga eng yuqori saviyada kurashishga imkon beradimi yoki yo‘qmi, ko‘rib chiqishimiz kerak. Shuni aytishim mumkinki, «Barselona»da qolaman va bor kuchimni beraman», – deya Messining so‘zlarini keltiradi Goal.
85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *