Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi: «O‘g‘lim ketish haqidagi qarorimni eshitgach, yig‘lab yubordi va hech qayerga ketmasligini aytdi»

Messi: «O‘g‘lim ketish haqidagi qarorimni eshitgach, yig‘lab yubordi va hech qayerga ketmasligini aytdi»

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoani tark etishi borasidagi qaroriga oila a’zolari qanday munosabat bildirganini aytdi.
«Rafiqam va bolalarimga ketishim kerakligini aytganimda, shafqatsiz drama bo‘ldi. Butun oila yig‘lab yubordi, bolalarim Barselonadan ketishni, maktabni o‘zgartirishni xohlashmadi. Ammo men uzoqroqqa qaradim: eng yuqori darajada o‘ynashni, sovrinlar yutishni, Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishni istayman.
O‘g‘lim Mateo hali kichkina. U boshqa joyga borish va u yerda bir necha yil yashash nimani anglatishini tushunmaydi. Katta o‘g‘lim Tiago esa televizordan nimalarnidir eshitdi va menga savollar berdi. U yig‘lab yubordi va shunday dedi: «Men hech qayerga ketmayman». Bu juda og‘ir edi.
Farzandlarim shu yerda o‘sishdi. Ketishni istashimning yomon joyi yo‘q. Bu menga va klubga kerak edi. Bu hamma uchun yaxshi bo‘lardi. Ruhiy jihatdan qiynalganimga qaramay, rafiqam meni qo‘llab-quvvatladi va yonimda bo‘ldi», – deya Messining so‘zlarini keltiradi Goal.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *