Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Kay, sen uydasan! «Chelsi» Havers transferini e’lon qildi

Kay, sen uydasan! «Chelsi» Havers transferini e’lon qildi

Автор: admin

«Chelsi» «Bayer» yarimhimoyachisi Kay Haversning transferini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati ushbu germaniyalik yosh futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgani haqida xabar berdi.
Avvalroq OAVda londonliklar klubi 21 yoshli Havers transferi uchun 70 mln yevro to‘lashi haqida aytilgandi. Shuningdek, qo‘shimcha bonuslar ko‘zda tutilgan.
Kay Havers 2016 yildan buyon «Bayer» safida to‘p surib kelayotgandi. Germaniya olimpiya jamoasi sardori bo‘lgan Havers 2018 yildan Germaniya milliy jamoasiga chaqirila boshlangan.
U yakunlangan mavsumda «Bayer» safida Bundesliganing 30 o‘yinida maydonga tushib, 12 gol urgan va 6 golga uzatma bergan.
Qayd etish joizki, «Chelsi» yozgi transferlarda eng faol klub bo‘ldi. Londonliklar bungacha «Ayaks»dan Hakim Ziyosh (40 mln. yevro), «Leypsig»dan Timo Verner (53 mln. yevro), «Lester»dan Ben Chiluell (50,2 mln. yevro), «PSJ»dan Tiago Silva (erkin agent) va «Nitssa»dan Malang Sarrni (erkin agent) o‘z safiga qo‘shib olgandi.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi