
Millatlar Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirildi.
A liganing 1-guruhida Niderlandiya Bergveyning goli evaziga Polsha ustidan g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘yinda esa Italiya kutilmaganda Bosniya va Gersegovinani mag‘lub eta olmadi.
V ligasida Avstriya va Chexiya o‘z hisoblariga 3 ochkodan yozdirib qo‘yishdi. Shotlandiya Isroil bilan, Ruminiya Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinda durangga rozi bo‘ldi.
S ligasida harakat qilayotgan Qozog‘iston va Albaniya safardan g‘alaba bilan qaytishdi.
Millatlar Ligasi, 1-tur, 4 sentyabrA liga, 1-guruhNiderlandiya – Polsha 1:0Gol: Bergveyn (61).
Niderlandiya – Sillessen, Veltman, van Deyk, Hatebur, Ake, Veynaldum, de Ron, Bergveyn (van de Bek, 74), Frenki de Yong, Promes (Lyuk de Yong, 90+2), Depay.
Polsha – Shesni, Bednarek, Kendzera, Glik, Bereshinski, Krixovyak, Shimanski, Yuzvyak (Grositskiy, 71), Klix, Zelinski (Moder, 77), Piontek (Milik, 63).
Ogohlantirishlar: Piontek (21), Klix (33), Yuzvyak (56), Glik (63), de Ron (71), Depay (74), de Yong (89), Bednarek (90+1).
Italiya – Bosniya va Gersegovina 1:1Gollar: Sensi (67) – Jeko (57).
Italiya – Donnarumma, Biragi, Bonuchchi, Florensi, Acherbi, Sensi, Pellegrini (Ken, 86), Insine, Barella, Keza (Dzanolo, 71), Belotti (Immobile, 73).
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Kolashinats, Sanichanin, Shunich, Sipetich, Simirot, Goyak, Hajiahmetovich (Sivich, 84), Vishcha (Miloshevich, 86), Jeko, Hojich (Beshich, 77).
Ogohlantirishlar: Belotti (65), Dzanolo (80), Bonuchchi (80).
V liga, 1-guruhNorvegiya – Avstriya 1:2Gollar: Holand (68) – Gregorich (35), Zabitser (54).
Ruminiya – Shimoliy Irlandiya 1:1Gollar: Pushkash (25) – Uayt (86).
V liga, 2-guruhShotlandiya – Isroil 1:1Gollar: Kristi (45, penalti) – Zahavi (73).
Slovakiya – Chexiya 1:3Gollar: Shrans (88) – Soufal (48), Dochkal (53, penalti), Krmenchik (86).
S liga, 4-guruhLitva – Qozog‘iston 0:2Gollar: Zaynutdinov (3), Kuat (86).
Belarus – Albaniya 0:2Gollar: Chikaleshshi (23), Bare (79).