Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messi: “Barselona” prezidenti so‘zining ustidan chiqmadi

Lionel Messi: “Barselona” prezidenti so‘zining ustidan chiqmadi

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeuni tanqid ostiga oldi.
Men klubga, shu jumladan prezidentga ham jamoani tark etishni istashimni aytdim. Buni yil davomida ta’kidlab keldim. Chetga chiqish vaqti keldi deb hisobladim. “Barselona”dagi vaqtim tugagani, klubga yangi yosh futbolchilar kerakligi haqida o‘yladim. Juda afsusda edim, sababi har doim shu yerda faoliyatimni tugatishni istashimni aytganman.
Bu juda qiyin yil bo‘ldi, mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda va kiyinish xonasida ko‘p sabr qildim. Men uchun hammasi juda qiyin bo‘lib qoldi va yangi maqsadlar haqida o‘ylash vaqti keldi. Bu Chempionlar Ligasida “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan sabab yuzaga kelmadi, yo‘q... Bu qaror haqida juda ko‘p o‘ylagandim.
Bu haqida prezidentga bir necha bor aytdim. U aniq javob bermas va har doim mavsum oxirida ketish yoki qolish haqida qaror qabul qilishim mumkinligi aytardi. Ammo oxir-oqibat u o‘z so‘zining ustidan chiqmadi.
Lionel Messi, “Barselona” futbolchisi
Eslatib o‘tamiz, Messi avgust oyi oxirida “Barselona”dan ketishga qaror qilgani haqida klubni ogohlantirdi va “Barselona”dan ikkiyoqlama shartnomani bekor qilishni so‘radi. Biroq katalon klubi shartnomadagi bu band 10-iyundan keyin o‘z kuchini yo‘qotganini ma’lum qildi va futbolchining ketishi borasida muzokaralar o‘tkazmasligini aytdi.
Avvalroq argentinalik futbolchi “Barselona”da qolishini ma’lum qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *