Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “Paxtakor” “Buxoro”ga javobsiz 4 ta gol urdi

Superliga. “Paxtakor” “Buxoro”ga javobsiz 4 ta gol urdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 15-turidan o‘rin olgan bahsda “Buxoro” va “Paxtakor” jamoalari 5-sentabr, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Igor Sergeyev Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Masharipov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Birinchi bo‘limda buxoroliklar ham faollik ko‘rsatdi, biroq nominal mezbonlar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘limda “sherlar” vaziyatni nazorat qildi. 76-daqiqaga kelib hisob yirik ko‘rinish oldi: Dragan Cheranning uzatmasidan keyin Akrom Komilov darvozani ishg‘ol qildi. 89-daqiqada Cheran o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi, unga ham golli uzatmani Masharipov amalga oshirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 38 taga yetkazib olgan holda peshqadam bo‘lib turibdi. “Buxoro” (7) esa 13-pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab 14—16-tur o‘yinlarini muddatidan avval o‘tkazmoqda.
Coca-Cola Superliga
15-tur bahsi
5-sentabr, shanba

“Buxoro” — “Paxtakor” 0:4

Gollar: 0:1 – 31 Sergeyev, 0:2 – 35 Masharipov, 0:3 – 76 Komilov, 0:4 – 89 Cheran.
“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirajalol Jumayev, Boburjon Amonov, Anvarjon Jo‘rayev (Suhrob Ne’matov, 52), Jasur Hakimov (Shahzod Beshimov, 70), Aziz Ibragimov, Jasur Hasanov (Ilhomjon Alijonov, 46), Ergash Ismoilov, Izzatilla Abdullayev (Behruz Sadilloyev, 46), Maksimiliyan Fomin (Zohir Pirimov, 59), Solibek Karimov.
“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Akrom Komilov, 62), Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 62), Yegor Krimets, Odil Hamrobekov (Abrorbek Ismoilov, 81), Sardor Sobirxo‘jayev (Sadriddin Abdullayev, 70), Farruh Sayfiyev, Javohir Siddiqov (Doston Hamdamov, 81).
Ogohlantirishlar: Fomin (17), Hamrobekov (19).
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *