Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Misr klubi peshqadam, “Real” top-10 likda ham yo‘q. XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan klublar ma’lum bo‘ldi

Misr klubi peshqadam, “Real” top-10 likda ham yo‘q. XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan klublar ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Germaniyaning Transfermarkt portali XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan klublarning jahon miqyosidagi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Misrning “Al-Ahli” jamoasi 41 ta sovrin bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarda 40 ta sovringa ega “Bavariya” va Gibraltarning “Linkoln Red Imps” jamoasi o‘rin olgan.

Kuchli beshlikdan “Barselona” (34) va “Portu” (33) jamoalari joy oldi. “Real” (30) reytingning 11-pog‘onasidan o‘rin olgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” (24) 19-o‘rinda bormoqda.
Osiyo klublari orasida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi yetakchi bo‘lib turibdi. Jamoa 25 ta sovrin bilan umumiy reytingda 18-o‘rinda qayd etilgan. Shuningdek, top-30 likdan Yaponiyaning “Kashima Antlers” (22) va Tailandning “Buriram Yunayted” (21) jamoalari joy oldi.
XXI asrda eng ko‘p sovrin yutgan klublar top-10 ligi bilan tanishing:
  1. “Al-Ahli” (Misr) — 41 ta sovrin
  2. “Bavariya” (Germaniya) — 40
  3. “Linkoln Red Imps” (Gibraltar) — 40
  4. “Barselona” (Ispaniya) — 34
  5. “Portu” (Portugaliya) — 33
  6. “Shaxtyor” (Ukraina) — 33
  7. “Seltik” (Shotlandiya) — 33
  8. “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) — 33
  9. “Sherif” (Moldova)  — 33
  10. “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya) — 33

90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *