Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman Suares va Vidalni «Barselona» mashg‘ulotlaridan ozod qildi

Kuman Suares va Vidalni «Barselona» mashg‘ulotlaridan ozod qildi

Автор: admin

«Barselona» klubi hujumchisi Luis Suares va yarimhimoyachi Arturo Vidal tez orada Kataloniya jamoasini tark etadi.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, bugun o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Suares va Vidal ham tashrif buyurgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Ronald Kuman ularga jamoa mashg‘ulotlaridan ozod qilinganligini bildirgan. Shu bois urugvaylik va chililik futbolchilar guruhdan alohida mashg‘ulot o‘tkazishgan. 
Qayd etilishicha, Suares «Yuventus» bilan kelishuvga erishgani, Vidal esa «Inter»ga o‘tayotganligi uchun Kuman shunday qarorga kelgan.
Avvalroq, klubda yana bir yil qolishi oydinlashgan Lionel Messining bugungi mashg‘ulotlarga kelmagani haqida ma’lumot berilgan edi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey