Goal24.uz » O'zbekiston » “Paxtakor” O‘zbekiston chempionatidagi 1900-golini urdi. Jamoaning yubiley gollariga kimlar muallif bo‘lgan?

“Paxtakor” O‘zbekiston chempionatidagi 1900-golini urdi. Jamoaning yubiley gollariga kimlar muallif bo‘lgan?

Автор: admin

“Paxtakor” jamoasi Coca-Cola Superliga 15-turida “Buxoro”ni mag‘lubiyatga uchratdi (4:0).
Mazkur bahsda Igor Sergeyev tomonidan kiritilgan dastlabki to‘p “Paxtakor”ning O‘zbekiston chempionati tarixidagi 1900-goli bo‘ldi. “Paxtakor” 1900 lik dovonni zabt etgan yagona klub bo‘lib turibdi.
2019-yilgi mavsumda Marat Bikmayev “sherlar”ning 1800-golini urgandi. Toshkentliklarning O‘zbekiston Oliy divizionidagi ilk goliga 1992-yilda Oleg Sinelobov mualliflik qilgandi. 1000-gol esa 2005-yilda Aleksandr Geynrix tomonidan urilgan.
Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing.
  • 1 — Oleg Sinelobov
  • 100 — Shuhrat Maqsudov
  • 200 — Ulug‘bek Ro‘zimov
  • 300 — Ulug‘bek Ro‘zimov
  • 400 — Samad Narziqulov
  • 500 — Igor Shkvirin
  • 600 — Soli Qurbonov
  • 700 — Leonid Koshelev
  • 800 — Server Jeparov
  • 900 — Zayniddin Tojiyev
  • 1000 — Aleksandr Geynrix
  • 1100 — Ixeruome Uche
  • 1200 — Zayniddin Tojiyev
  • 1300 — Aleksandr Geynrix
  • 1400 — Sherzod Karimov
  • 1500 — Oybek Qilichev
  • 1600 — Stanislav Andreyev
  • 1700 — Igor Sergeyev
  • 1800 — Marat Bikmayev
  • 1900 — Igor Sergeyev
56   
Добавить комментарий
Ваше имя: *