Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Millatlar Ligasi. Portugaliya Xorvatiyani yirik hisobda taslim etdi, Fransiya va Belgiya safarda g‘alaba qozondi

Millatlar Ligasi. Portugaliya Xorvatiyani yirik hisobda taslim etdi, Fransiya va Belgiya safarda g‘alaba qozondi

Автор: admin

Millatlar Ligasida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Turning so‘nggi o‘yinlari A ligasida bo‘lib o‘tdi.
2-guruhning 2-o‘yinida Belgiya safarda Daniya ustidan g‘alaba qozondi. Eslatib o‘tamiz, guruhning ilk o‘yinida Angliya so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Islandiyadan ustun kelgandi.
3-guruhda esa amaldagi jahon va Yevropa chempionlari favorit ekanliklarini isbotlashdi. Ronaldusiz Portugaliya o‘z maydonida Xorvatiyani osonlik bilan yengdi, Fransiya Mbappening yagona goli evaziga Shvetsiyani mag‘lub etdi.
Millatlar Ligasi, 1-tur, 5 sentyabr
A liga, 2-guruh
Daniya – Belgiya 0:2
Gollar: Denayer (9), Mertens (77).
Daniya – Shmeyxel, Vass (Yorgensen, 83), Kristensen, Ker, Skov, Dileyni, Eriksen, Hyoyberg, Poulsen, Dolberg (Kornelius, 83), Breytueyt (Mehle, 72).
Belgiya – Minole, Denayer, Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Karrasko (Prat, 57), Vitsel, Tilemans (Doku, 87), Azar, Mertens (Trossard, 80), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Xyoyberg (3), Tilemans (20), Skov (26).
A liga, 3-guruh
Portugaliya – Xorvatiya 4:1
Gollar: Kanselu (41), Jota (58), Felish (70), Andre Silva (90+4) – Petkovich (90+1).
Portugaliya – Lopesh, Pepe, Diash, Kanselu, Bernardu Silva (Trinkan, 78), Fernandesh, Jota, Danilu, Felish (Andre Silva, 88), Moutinyu (Oliveyra, 82), Gerreyru.
Xorvatiya – Livakovich, Yedvay, Vida, Lovren, Barishich, Brekalo (Perishich, 61), Kovachich, Vlashich, Pashalich (Brozovich, 61), Kramarich (Petkovich, 74), Rebich.
Ogohlantirishlar: Yedvay (60), Barishich (71).
Shvetsiya – Fransiya 0:1
Gol: Mbappe (41).
Amalga oshirilmagan penalti: Grizmann (90+5).
Shvetsiya – Olsen, Lindelyof, Yansson, Lyustig, Bengtsson (Sema, 88), Larsson (Kulusevski, 70), Olsson, Ekdal, Forsberg, Kvayson (Gvidetti, 77), Berg.
Fransiya – Loris, Din, Kimpembe, Varan, Dyubua (Ferlan Mendi, 88), Rabo, Kante, Upamekano, Jiru (N'Zonzi, 90+2), Mbappe (Marsyal, 77), Grizmann.
Ogohlantirish: Upamekano (3).
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *