Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pogba A Seriyaga qaytish uchun MYu bilan bitimni uzaytirmoqchi emas

Pogba A Seriyaga qaytish uchun MYu bilan bitimni uzaytirmoqchi emas

Автор: admin

Pogba "Yuve"ga qaytishni xohlayapti.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoani tark etishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko‘ra, MYu bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiluvchi futbolchi "Yuventus"ga qaytishni istayapti va shu yil yozda bu borada yangilik kutgan.
"Qizil iblislar" esa, Turin klubiga hech qanday chegirma qo‘llamoqchi emas va hozirda ulardan o‘ta yuqori bo‘lgan mablag‘ni (120-130 mln evro) talab qilmoqda.
Shu bilan birga, inglizlar va futbolchi o‘rtasidagi yangi shartnoma borasidagi kelishuv juda sekin o‘tmoqda. Bitimni yangilashga frantsiyalik futbolchi va Mino Rayola qiziqmayapti.
Qayd etilishicha, Pogba shartnomani uzaytirishdan bosh tortishi mumkin, keyin esa kelasi yozda uning narxi ancha past bo‘ladi va bu "Yuventus"ga ingliz jamoasi bilan kelishuvga erishish imkonini beradi.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi APL doirasida 16 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *