Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi jamoadoshlaridan xafa bo‘ldi

Messi jamoadoshlaridan xafa bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klub prezidenti Xosep Bartomeu bilan bo‘lgan nizolar vaqtida jamoadoshlarining xatti-harakatlaridan ko‘ngli to‘lmadi, deb xabar beradi Onda Cero radiosi.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi «Barselona»dagi jamoadoshlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xabarlar yo‘qligidan hayratga tushgan va xafa bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi klubni tark etishga qanchalik harakat qilganiga qaramay, «Barselona» uni tekinga yoki 700 mln yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi. Argentinalik forvard esa futbolchilik faoliyatining 20 yilini o‘tkazgan klub bilan sudlashishni istamadi va Kataloniyada qoldi. Ehtimol, u kelasi yozda shartnomasi tugaganidan so‘ng jamoani tark etadi.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *