Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » O‘rtoqlik o‘yinlari. “Liverpul” 7 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Tottenhem”da esa mag‘lubiyat. “Milan” Berluskoniga tegishli jamoani yengdi

O‘rtoqlik o‘yinlari. “Liverpul” 7 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Tottenhem”da esa mag‘lubiyat. “Milan” Berluskoniga tegishli jamoani yengdi

Автор: admin

Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini o‘tayotgan bir qator klublar 5-sentabr, shanba kuni nazorat o‘yinlarida ishtirok etdi.
“Liverpul” jamoasi “Blekpul”ga qarshi bahs olib bordi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Qizillar”ning gollariga Joel Matip, Sadio Mane, Roberto Firmino, Harvi Elliot, Takumi Minamino, Divok Origi va Zepp van den Berg kabi futbolchilar muallif bo‘ldi.
“Tottenhem” esa “Uotford”ga qarshi bahs yuritdi. Domingos Kina va Andre Greyning gollariga londonliklar Son Hyon Minning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.
“Milan” jamoasi “Monsa”ga qarshi o‘ynadi. Milanliklar safida David Kalabriya, Daniel Maldini, Per Kalulu Kiatengva va Lorenso Kolombo o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, ushbu o‘yinda “Real”dan olib kelingan hujumchi Brahim Dias debyut qildi.
Ma’lumot uchun, “Monsa” klubi “Milan”ning sobiq xo‘jayini Silvio Berluskoniga tegishli. 83 yoshli Berluskoni ayni vaqtda koronavirus bilan kurashmoqda.
Nazorat uchrashuvlari
5-sentabr, shanba

“Liverpul” — “Blekpul” 7:2

Gollar: 0:1 – 15 Hemilton, 0:2 – 33 Neyts, 1:2 – 43 Matip, 2:2 – 52 Mane, 3:2 – 54 Firmino, 4:2 – 69 Elliot, 5:2 – 71 Minamino, 6:2 – 85 Origi, 7:2 – 88 van den Berg.

“Uotford” — “Tottenxem” 2:1

Gollar: 1:0 – 20 Kina, 2:0 – 39, penalti Grey, 2:1 – 79, penalti Son Hyon Min.

“Milan” — “Monsa” 4:1

Gollar: 1:0 – 6 Kalabriya, 1:1 – 23 Finotto, 2:1 – 40 Maldini, 3:1 – 89 Kiatengva, 4:1 – 90+2 Kolombo.
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *