Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” Beyldan qutilish yo‘lini topdi

“Real” Beyldan qutilish yo‘lini topdi

Автор: admin

U o‘ynamay katta maosh olardi
“Real” o‘ynamay katta maosh olayotgan Garet Beyldan qutilishi yo‘lini qidirayotgan edi. O‘tgan yili madridliklar hujumchini Xitoyga qo‘yib yubormaganidan keyin, uelslik futbolchi yaxshi o‘ynamay qo‘ydi va buning oqibatida bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan munosabati buzildi.
Beyl o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 20 marta maydonga tushdi va o‘rtacha har bir uchrashuvda 63 daqiqa o‘ynaydi.
Odatda, bunaqa vaziyatda klub futbolchini sotib yuboradi. Lekin anchadan buyon Beyl bo‘yicha aniq takliflar bo‘lmayapti. Chunki, aksariyat jamoalar qimmatbaho futbolchining maoshini ko‘tara olmaydi.
“Real” rahbariyati endi futbolchi bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilib, uning shartnoma bo‘yicha qolgan maoshining yarmini birdaniga to‘lab berishni taklif qilmoqda. Beyl hali bunga o‘z munosabatini bildirgani yo‘q.
103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *