Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real”da porlagan yulduz Messining eng katta xatosini aytdi

“Real”da porlagan yulduz Messining eng katta xatosini aytdi

Автор: admin

Leo tajribasizlik qilib qo‘ydi
O‘z davrida “Real”ning eng ishongan futbolchisi bo‘lgan Ugo Sanches “Barselona” etakchisi Lionel Messining xatosini aytdi.
Messi ketishini e’lon qilgan vaqtda ham uning “Barselona”da qolishdan boshqa varianti yo‘q edi. Uning otasi va yuristlari rasmiy hujjat aylanmasiga xizmat qiluvchi byurofaksni yuborishiga yo‘l qo‘ymsligi kerak edi. Bu ish Messining klubdagi obro‘sini to‘kib qo‘ydi.
Messi uchun 700 million evro to‘lashga tayyor jamoa bo‘lmagani uchun yurofaks masalasi futbolchiga ortiqcha bosh og‘riq bo‘ldi. Agar u o‘zi aytganidek, yil davomida jamoadan ketish haqida o‘ylagan bo‘lsa, tinchgina belgilangan muddatda klub rahbariyatini bundan rasman ogohlantirishi kifoya edi. Shundagina, Leo “Barselona”dan hech qanday muammosiz ketgan bo‘lardi, - dedi Ugo Sanches.
Klubni tark eta olmagan argentinalik hujumchi endi yangi mavsum oxirigacha “Barselona”da to‘p surishga majbur bo‘ladi.  
158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey