Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Veynaldum va Depay uchun 50 million yevro sarflamoqchi

«Barselona» Veynaldum va Depay uchun 50 million yevro sarflamoqchi

Автор: admin

«Barselona» klubi bosh murabbiy Ronald Kuman tavsiyasi bilan niderlandiyalik ikki futbolchini sotib olish borasida ish boshlagan.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, Kataloniya klubi «Lion» hujumchisi Memfis Depay va «Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldumni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub ikki futbolchi uchun jami 50 million yevro sarflamoqchi.
Qayd etilishicha, «Barselona» niderlandiyalik futbolchilar vakillari bilan muzokara boshlagan va tez orada klublarga rasmiy taklifni jo‘natmoqchi.
Avvalroq, «Barsa» Depay uchun «Lion»ga 25 million yevro taklif qilgani, Veynaldum uchun esa «Liverpul»ga 15 million yevro berishga tayyorligi haqida aytilgandi.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey