Goal24.uz » O'zbekiston » Yusupovdan Cherangacha. PFL Superliga 1-davra ramziy jamoasini e’lon qildi

Yusupovdan Cherangacha. PFL Superliga 1-davra ramziy jamoasini e’lon qildi

Автор: admin

Superligada ortda qolgan 13 tur davomida ko‘plab futbolchilar ajoyib o‘yinlar o‘tkazib, o‘zlarini ko‘rsatishga erishdilar. O‘zPFL mana shunday futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi. 
Darvozabon
O‘tkir Yusupov – “Navbahor”

Jamoa barqaror o‘yin namoyish eta olmayotgan bo‘lsa-da, O‘tkir Yusupov mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqda. Mavsum boshidan to hozirgacha jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lib turibdi. Yusupov birinchi davrada eng ko‘p seyv amalga oshirdi va ushbu ampluadagi boshqa hamkasblari orasida yetakchi bo‘lib turibdi.
Darvozaga berilgan aniq zarbalarni qaytarish: Bitta o‘yinda o‘rtacha 4.8ta zarba – 83%.
Murod Xolmuhammedov – o‘ng qanot himoyachisi. “Qo‘qon-1912”
Murod Xolmuhammedov o‘z ampluasida hozircha O‘zbekiston chempionatida jamoasiga eng ko‘p foyda keltirayotgan futbolchi hisoblanadi. Qanot himoyachisi bo‘lishiga qaramay, raqib darvozasi oldida asosiy xavf aynan Murod tomonidan amalga oshiriladi. Burchak to‘plari, autlar, standart vaziyatlar, jarima to‘plari va penalti – bularning barchasi Xolmuhammedov tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, jamoaning asosiy to‘purari va assistiyenti ham aynan 70-raqam egasidir.
Gol – 8ta
Pas - 3ta
Oybek Rustamov – markaziy himoyachi. “Qo‘qon-1912”
Raqib hujumini bartaraf etishda chempionatning eng yaxshi himoyachilaridan biri aynan Rustamovdir. To‘pni raqibdan olib qo‘yish, himoyadagi yakkakurashlarda uning statistik ko‘rsatkichlari boshqa himoyachilar bilan taqqoslaganda ajoyib ko‘rsatkichlarga ega.
Yakkakurashlar: O‘rtacha bir o‘yinda 19ta – 58%
Najmiddin Normurodov – markaziy himoyachi. “Mash’al”
“Mash’al” ayni damda chempionatning eng tartibli jamoalaridan biri va bu tartibli jamoaning asosiy yutug‘i – tartibli himoyadir. Najmiddin Normurodov jamoaning asosiy markaziy himoyachisi hamda yakkakurashlarda boshqa jamoadoshlaridan yaxshiroq ko‘rsatgichga ega. Buni statistika ham tasdiqlashi mumkin.
Yakkakurashlar: Bir o‘yinda o‘rtacha 14ta – 63%
Murod Toshmatov – chap qanot himoyachisi. OKMK
Murod Toshmatov – eng ko‘p krosslar amalga oshiradigan, o‘yin davomida barchadan ko‘proq yuguradigan va qanotdan raqib jamoasi darvozasiga eng ko‘p xavf soladigan futbolchidir. Uning krosslari allaqachon OKMKning dastxatiga aylanib ulgurgan. Maydonni yaxshi ko‘ra oladigan, raqib darvozasi tomon aniq pas uzatadigan himoyachi hozirda chempionatning eng yaxshi qanot futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.
Gol – 1ta
Assist – 5ta
Yovan Jokich – tayanch yarimhimoyachisi. OKMK
Serbiyalik futbolchi raqib hujumini to‘xtatishda chempionatda tengsiz futbolchilardan biri sanaladi. Shuningdek, futbolchi OKMKning himoya va hujum chizig‘ini bog‘lab beruvchi eng asosiy figuradir. Aniqroq aytganda, OKMKning bugungi o‘yin uslubini belgilab beruvchi futbolchi.
Gol – 3ta
Pas – 1ta
Jaloliddin Masharipov – hujumkor yarimhimoyachi. “Paxtakor”
Ushbu futbolchi haqida faqatgina bitta ta’rif berish mumkin – birinchi davraning eng yaxshi futbolchisi.
Gol – 2ta
Pas - 7ta
Oybek Bozorov – yarimhimoyachi. “Nasaf”
“Nasaf”ning yorqin o‘yinlari asosan jamoaning ajoyib bo‘lgan yarim himoya chizig‘i bilan bog‘liq. Qarshiliklar chempionatda eng tezkor futbolchilarga ega jamoa sanalishadi. Asosiy qurol esa – Oybek Bozorovdir. Tezkor, ajoyib texnika sohibi va jozibali dribblingga ega futbolchi chempionatning ayni damdagi eng yorqin futbolchilaridan biridir.
Dribblinglar: O‘rtacha bir uchrashuvda – 7ta – 62% muvaffaqiyatli amalga oshirilgan
Nurillo To‘xtasinov – yarimhimoyachi. “Bunyodkor”
“Bunyodkor hozirda birinchi davra yakunlariga ko‘ra eng hujumkor jamoalardan biri. Quvnoq va nostabil jamoa bo‘lsada, “Bunyodkor” iste’dodli futbolchilari bilan maqtana oladi. Bu mavsumda Nurillo To‘xtasinov jamoada boshqalardan ajralib turibdi. Muhim gollar urib, “qaldirg‘ochlar”ga ko‘p hollarda yordam bermoqda.
Gol – 4ta
Pas – 1ta
Dragan Cheran – hujumchi. “Paxtakor”
Avvalgi mavsum to‘purari ushbu mavsumda ham gol urishdan to‘xtamayapti va hozircha chempionat to‘purari bo‘lib turibdi.
Gol – 13ta
Igor Sergeyev – hujumchi. “Paxtakor”
Bitta jamoadan ikki hujumchining ramziy terma jamoaga kirishi g‘alati holat. Ammo, “Paxtakor” safida Igor Sergeyev yana avvalgi biz bilgan Igor Sergeyev sifatida porlamoqda. Mehnatkash, astoydil ter to‘kadigan hujumchini Arveladze qaytadan kashf qildi. Igor Sergeyev ramziy terma jamoaga haqli futbolchi ekanini isbotladi va bu uning mehnati samarasidir.
Gol – 10ta.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *