Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Berbatov «MYU» qaysi chiziqni kuchaytirishi kerakligini aytdi

Berbatov «MYU» qaysi chiziqni kuchaytirishi kerakligini aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov mankunianliklarga Harri Maguayr bilan juftlikda o‘ynash uchun yana bir markaziy himoyachi kerak, deb hisoblamoqda.
«Ular boshqa o‘yinchi sotib olishadimi yoki yo‘qmi, ko‘ramiz. Menimcha, himoya chizig‘ini kuchaytirish kerak. Qolgan chiziqlar muvozanatli ko‘rinmoqda.
Maguayr bilan juftlikda o‘ynaydigan himoyachi kerak. Harri to‘pni himoyadan olib chiqib, yarimhimoyachilarga uzatishni yaxshi ko‘radi. Ikkinchi himoyachining o‘yin uslubi boshqacha bo‘lishi kerak, ammo u ham shunday darajada o‘ynashi zarur.
Ular Rio Ferdinand va Nemanya Vidich tandem kabi bo‘lishi kerak», – deya Berbatovning so‘zlarini keltiraid Goal.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *